Marketing 6-son (2026) · 9-18-betlar
OʻZBEKISTONDA ALTERNATIV MOLIYA EKOTIZIMINI JORIY ETISH ASOSLARI
Xudoyqulov Xurshid Xurramovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda alternativ moliya ekotizimini joriy etishning nazariy, huquqiy va amaliy asoslari tahlil qilindi. Tadqiqotda P2P moliyalashtirish, kraudfanding, fintex-kreditlash va islom moliyasi platformalarining iqtisodiy imkoniyatlari baholandi. Buyuk Britaniya va Malayziya tajribasi qiyosiy tahlil qilindi. Mamlakatda 2023-2026-yillarda shakllantirilgan huquqiy baza hamda moliyaviy infratuzilmaning rivojlanish darajasi o‘rganildi. SWOT tahlil asosida ekotizimning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari hamda ehtimoliy xavflari aniqlandi. Tadqiqot natijasida huquqiy-institutsional, infratuzilmaviy va instrumental yo‘nalishlarni qamrab olgan uch bosqichli joriy etish modeli taklif qilindi. Olingan natijalar alternativ moliya bozorini rivojlantirish va investitsion faollikni oshirish uchun amaliy ahamiyat kasb etdi.
alternativ moliya, kraudfanding, P2P moliyalashtirish, fintex, islom moliyasi, kapital bozori, moliyaviy inklyuzivlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.