Marketing № 6 (2026) · с. 62-69
SOGʻLIQNI SAQLASH INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIKNING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI
Turobxonov Xumoyunxon Lazizxon oʻgʻli
Аннотация
Mazkur tadqiqotda sogʻliqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishda davlatxususiy sheriklikning investitsion jozibadorligini oshirish masalalari tahlil qilindi. Tadqiqotda xalqaro tajriba, institutsional-huquqiy asoslar hamda Oʻzbekistonda amalga oshirilgan gemodializ loyihasi misolida sheriklik mexanizmlarining amaliy natijalari oʻrganildi. Risklarni oqilona taqsimlash, moliyaviy barqarorlik va xalqaro moliya institutlari ishtiroki investitsion jozibadorlikning muhim omillari sifatida baholandi. Tahlil natijalari davlat-xususiy sheriklik zamonaviy tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va investitsiyalarni jalb etishda samarali mexanizm boʻlib xizmat qilganini koʻrsatdi. Tadqiqot asosida sogʻliqni saqlash tizimida investitsion faollikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
davlat-xususiy sheriklik, sogʻliqni saqlash, investitsion jozibadorlik, infratuzilma, gemodializ, risklarni boshqarish, moliyalashtirish.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.