Marketing 6-son (2026) · 157-173-betlar
YOSHLARNING SAYOHAT FAOLLIGI (TRAVELABILITY) DARAJASINI IFОDALОVCHI MULTIPLIKATORINI BAHОLASH USLUBIYOTI
Navruz-zoda Shohroʻ Baxtiyor
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda yoshlarning sayohat faolligi (travelability) darajasini kompleks baholash muammosi oʻrganildi va uni miqdoriy ifodalashga xizmat qiluvchi “Yoshlar sayohat faolligi multiplikatori” (YTM) metodikasi ishlab chiqildi. Tadqiqot davomida Theory of Planned Behavior, strukturaviy modellashtirish, sayohat motivatsiyasi shkalalari, kompozit indekslar va diskret tanlov modellari qiyosiy tahlil qilindi. Natijada mavjud yondashuvlarning afzalliklarini integratsiyalovchi hamda yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlari, vaqt resurslari, ijtimoiy omillari, psixologik tayyorgarligi, raqamli kompetensiyasi va infratuzilmaviy ochiqligini qamrab oluvchi yangi baholash tizimi taklif etildi. Ishlab chiqilgan metodika yoshlar turizmi holatini baholash, hududlar va guruhlar kesimida qiyosiy tahlillar oʻtkazish hamda amaliy qarorlar qabul qilish imkonini bergani asoslandi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.