Marketing 10-son (2024) · 532-545-betlar
MINTAQA IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA SANOAT KORXONALARINI JOYLASHTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
Nuritdinov Botir Kodirxanovich
Annotatsiya
Maqolada mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda sanoat korxonalarini joylashtirishning nazariy va uslubiy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Sanoat korxonalarini hududiy joylashtirish iqtisodiy oʻsishning muhim drayveri boʻlib, u ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, mehnat bozorini muvozanatlashtirish va tarmoqlararo integratsiyani rivojlantirish orqali mintaqaning raqobatbardoshligini oshiradi. Tadqiqotda joylashtirish nazariyasining klassik va zamonaviy yondashuvlari, xususan, ishlab chiqarish xarajatlari, transport-logistika tizimi, resurs bazasi, inson kapitali, klasterlashuv va innovatsion infratuzilma omillari iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan oʻrganilgan. Maqolada shuningdek, sanoat korxonalarini joylashtirishning ilmiy-metodik modeli ishlab chiqilib, u mintaqaviy iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiruvchi amaliy mexanizm sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, sanoat korxonalarini optimal joylashtirish mintaqa iqtisodiyotining strukturaviy muvozanatini mustahkamlaydi, ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini kuchaytiradi hamda hududlar oʻrtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytiradi. Ushbu maqola mintaqaviy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va hududiy rivojlanish siyosatini ilmiy asoslash uchun metodologik manba sifatida xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.