Marketing 8-son (2024) · 124-133-betlar
OʻZBEKISTONDA AXBOROTLASHGAN IQTISODIYOTNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TIZIMLARINI RIVOJLANISHI VA YANADA TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI
Karimova Shirin Zoxid qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda axborotlashgan iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida zamonaviy axborot tizimlarining hozirgi holati tahlil qilinadi hamda ularni takomillashtirish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Mamlakatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iqtisodiy samaradorlikni oshirish, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish va innovatsiyalarni keng joriy etish kabi muhim omillarni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va raqamli infratuzilmaning yaratilishi jarayonida duch kelinayotgan muammolar, jumladan, texnologik bazaning yetarli darajada rivojlanmagani, kadrlar yetishmovchiligi va maʼlumot xavfsizligi masalalari ham tahlil qilinadi. Maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro tajriba hamda zamonaviy axborot tizimlarini takomillashtirish uchun tavsiyalar beriladi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli sohalarida axborot texnologiyalarining joriy qilinishi va bu jarayonni tezlashtirish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqish muhim ekanligi taʼkidlanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.