Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 545-552-betlar
OLAMNING O‘ZBEKCHA LISONIY MANZARASI VA UNING LINGVOKULTUROLOGIYADAGI TALQINI
Khabibullaeva, Fazilat, Хабибуллаева, Фазилат, Xabibullayeva, Fazilat
Annotatsiya
Mazkur maqolada olamning o‘zbek tili yordamida voqelanadigan milliy, lisoniy manzarasi va uning lingvokulturologiyadagi talqini masalasi haqida so‘z yurutiladi. Ma’lumki, bugungi kunda tilshunoslikka oid tadqiqotlarda “dunyo manzarasi” va “dunyo modeli” atamalari yonma-yon qo‘llanib, ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatilmoqda. Ammo bizning fikrimizcha, ushbu tushunchalar o‘rtasida muhim farqlar mavjud. Til, tafakkur va madaniyat o‘zaro nihoyatda uzviy bog‘liq bo‘lib, ular amalda uch tarkibiy unsurdan tashkil topgan yagona tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tarkibiy qismlarning hech biri qolgan ikkitasisiz mustaqil ravishda faoliyat yurita olmaydi, ya’ni mavjud bo‘lishi ham mumkin emas. Ularning barchasi birgalikda tashqi olam bilan munosabatga kirishadi, uni aks ettiradi hamda ayni paytda uni shakllantirish jarayonida ham ishtirok etadi. Natijada esa “dunyo manzarasi” deb ataluvchi tasavvurlar yuzaga keladi. Mazkur maqolada mualliflar “dunyo” tushunchasi, “dunyo manzarasi” muammosi, olamning real manzarasi, olamning madaniy manzarasi va olamning lisoniy manzarasi, olamning milliy manzarasi kabi tushunchalarning mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan.
Dunyo manzarasi, dunyo modeli, madaniyat, til, tafakkur, olamning lisoniy manzarasi, lisoniy voqelik, nolisoniy obyektivlik, olamning konseptual manzarasi, olamning real manzarasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.