Marketing (2025) · 168-171-betlar
INNOVATSION MENEJMENTNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
Yuldashev Giyos Turabekovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada innovatsion menejmentning nazariy asoslari va korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etishning oʻziga xos jihatlari tahlil qilingan. Radikal, evolyutsion hamda kombinatsiyalashgan innovatsiya turlari, ularning iqtisodiy samaradorlikka taʼsiri va raqobatbardoshlikni oshirishdagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek, maqolada texnologiyaning hayotiy davri modeli, innovatsiya jarayonining vazifalari va bosqichlari izohlangan holda, korxonalarda innovatsion faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etishning muhim shartlari koʻrsatib berilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.