Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 464-469-betlar
O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA QUSH OBRAZINING BADIIYATI
Sratdinova, Gulbakhar, Сратдинова, Гульбахар, Sratdinova, Gulbahar
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarida qush obrazining badiiy-estetik, mifologik, ramziy va tarbiyaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Xalq ertaklarida qush obrazi oddiy tabiat unsuri sifatida emas, balki ezgulik, ogohlik, xaloskorlik, donolik, sadoqat va ilohiy yordam timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada Semurg‘, qaldirg‘och, qarg‘a, kaptar, bulbul, dono qush kabi obrazlarning syujetdagi vazifasi, qahramon xarakterini ochishdagi o‘rni va xalq dunyoqarashi bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi. Qush obrazining ayrim ertaklarda sehrli yordamchi, ayrimlarida xabarchi, ba’zan esa axloqiy saboq beruvchi timsol sifatida talqin qilinishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida qush obrazlari o‘zbek xalq ertaklarining poetik tuzilmasida muhim badiiy vosita bo‘lib, milliy tafakkur, qadimiy e’tiqod va xalq estetik qarashlarini ifodalashi aniqlanadi.
o‘zbek xalq ertaklari, qush obrazi, badiiyat, ramz, mifologik tafakkur, Semurg‘, qaldirg‘och, folklor, obraz, poetika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.