Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 532-536-betlar
OʻZBEKISTONDA INKLYUZIV TAʼLIMNI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY-HUQUQIY VA NORMATIV ASOSLARI
Yusupova, Aysuliw, Юсупова, Айсулу, Yusupova, Aysulıw
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni tashkil etishning huquqiy-meʼyoriy asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalarning taʼlim olish huquqini taʼminlash, ularni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish, sogʻlom muhitga integratsiya qilish hamda taʼlim-tarbiya jarayonida teng imkoniyatlar yaratish masalalari yoritilgan. Shuningdek,Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun, “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun, maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda inklyuziv taʼlimga oid belgilangan vazifalar tahlil qilingan. Maqolada inklyuziv taʼlimni tashkil etish inson huquqlari, ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar va sifatli taʼlim tamoyillari bilan uzviy bogʻliqligi asoslab berilgan.
inklyuziv taʼlimalohida taʼlim ehtiyojlarimaktabgacha taʼlimhuquqiy-meʼyoriy asosteng imkoniyattaʼlim sifatiijtimoiy integratsiyaindividual yondashuv
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.