Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 503-514-betlar
OCHILDIMUROD MIRIY G‘AZALLARIDA TALMEH POETIKASI
Sultonova, Nigora, Султонова, Нигора, Sultonova, Nigora
Annotatsiya
Mazkur maqolada XIX asr oxiri o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Ochildimurod Miriy lirikasida talmeh san’atining qo‘llanish xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot manbasi sifatida shoirning Muhammadjon Mahmudov tomonidan nashrga tayyorlangan “Tanlangan asarlar” to‘plamidagi g‘azal va muxammaslar tahlil qilindi. Talmehlar semantik va funksional jihatdan tasniflanib, payg‘ambarlar va muqaddas shaxslar, ishqiy-dostoniy qahramonlar, “Shohnoma” epik obrazlari, muqaddas joylar, tasavvufiy siymolar, ramziy geografiya hamda adabiy-madaniy shaxslar bilan bog‘liq yetti asosiy kategoriya aniqlandi. Tahlil jarayonida Miriy talmehlarining rivoyat qatlamini faollashtirish, qiyosiy mubolag‘a yaratish, ideal oshiq obrazini shakllantirish, satirik-tanqidiy ma’no hosil qilish va adabiy vorislikni ifodalash kabi funksiyalari ochib berildi. Shuningdek, shoir poetikasida “ma’noviy zanjir” tamoyili asosida tashkil topgan talmehlar tizimi mavjudligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari Miriy lirikasida talmeh san’ati shunchaki badiiy bezak emas, balki mazmunni chuqurlashtiruvchi va madaniy xotirani faollashtiruvchi muhim poetik vosita ekanligini tasdiqlaydi.
Miriy, talmeh, mumtoz she’riyat, badiiy san’atlar, g‘azal, poetika, adabiy vorislik, ma’noviy zanjir, talmeh funksiyalari, Sharq adabiyoti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.