Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 758-763-betlar
ANTROPONIM KOMPONENTLI PAREMIYALARNING SEMANTIK VA LINGVOMADANIY TAHLILI (O‘ZBEK VA FRANSUZ TILLARI MATERIALLARI ASOSIDA)
Abdalimov, Isroil, Абдалимов, Исроил, Abdalimov, Isroil
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek va fransuz tillaridagi antroponim komponentli paremiyalarning semantik, lingvomadaniy hamda konseptual xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tarkibida antroponimlar ishtirok etgan paremik birliklarning ma’no strukturasini, ularning shakllanish omillarini hamda milliy-madaniy mazmunini aniqlashdan iborat. Maqolada antroponimlarning paremiya tarkibidagi nominativ, aksiologik, pragmatik va lingvomadaniy funksiyalari tahlil qilinadi hamda ularning xalq tafakkuri, tarixiy xotira va milliy konseptlar bilan aloqadorligi yoritiladi. Tadqiqot davomida qiyosiy-tipologik, semantik tahlil, kontekstual interpretatsiya va lingvomadaniy yondashuv metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, antroponim komponentli paremiyalar tarkibida shaxs nomlari o‘zining birlamchi referensial funksiyasidan chiqib, umumlashgan madaniy kod, axloqiy baholash vositasi va kollektiv tajriba modeli sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek va fransuz paremik fondining qiyosiy tahlili asosida tarixiy xotira, diniy tasavvurlar, stereotiplash va milliy konseptlarning shakllanishida antroponimlarning alohida o‘rin tutishi aniqlandi. Mazkur tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, onomastika, paremiologiya hamda lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlarida olib boriladigan keyingi izlanishlar uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
antroponim, paremiya, maqol, lingvomadaniyat, semantika, onomastika, antroponimika, konsept, milliy mentalitet, qiyosiy tilshunoslik, paremiologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.