Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 5-son (2026) · 809-813-betlar
O‘ZBEK TILI TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Polvonniyozova, Makhliyo, Полвонниёзова, Махлиё, Polvonniyozova, Mahliyo
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tili ta’limida sun’y intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy, metodik va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Unda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), til modellari, generativ sun’iy intellekt, nutq sintezi, adaptiv ta’lim platformalari, avtomatik baholash, o‘quv analitikasi, raqamli til korpuslari hamda ta’limiy chatbotlar kabi texnologiyalarning o‘zbek tili darslaridagi didaktik vazifalari tahlil qilinadi. Maqolada sun’iy intellekt o‘qituvchini almashtiruvchi vosita emas, balki o‘quv jarayonini individuallashtiruvchi, matn bilan ishlashni takomillashtiruvchi, talaffuz va yozma savodxonlikni rivojlantiruvchi pedagogik yordamchi sifatida talqin etiladi. Shuningdek, ma’umotlar xavfsizligi, algoritmik xolislik, milliy til korpuslarini rivojlantirish va o‘qituvchining metodik nazorati kabi masalalarga alohida e‘tibor qaratiladi
sun’iy intellekt, tabiiy tilni qayta ishlash, til modellari, nutq texnologiyalari, avtomatik baholash, o‘quv analitikasi, raqamli korpus.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.