Marketing (2025) · 648-657-betlar
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA AXBOROT RESURSLARINI BOSHQARISHDA SUNʼIY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Yo‘ldoshev Nodirbek Ne’matjon oʻgʻli
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot kichik biznes subyektlarida axborot resurslarini boshqarishda sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda sunʼiy intellekt texnologiyalarining kichik korxonalar faoliyatiga taʼsiri, ularning joriy etilishi jarayonidagi toʻsiqlar va istiqbolli rivojlanish yoʻnalishlari tahlil qilingan. Eurostat, OECD, McKinsey va boshqa nufuzli tashkilotlar maʼlumotlariga asoslangan empirik tahlil natijasida sunʼiy intellekt vositalari unumdorlikni oshirish aniqlandi. Tadqiqot natijalari kichik biznes subyektlari uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.