Marketing 5-son (2024) · 107-115-betlar
OʻZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Karimova Shirin Zoxid qizi
Annotatsiya
Maqolada raqamli iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashdagi oʻrni bilan bogʻliq jarayonlar koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ulushi, aloqa va axborotlashtirishning ayrim koʻrsatkichlari tahlili oʻtkazildi. Mavjud imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqib, Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirildi. Iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, yangi zamonaviy kasblar paydo boʻlishi hisobiga aholi bandligini kengaytirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi natijalari baholandi. Raqamli iqtisodiyotning konseptual va amaliy jihatlari, ularning Oʻzbekiston iqtisodiyotida rivojlanish yoʻllari va strategiyasini tanlash, kuzatish usullari orqali statistik tahlillar, statistik maʼlumotlarni yigʻish, tasniflash, solishtirish; Shuningdek, maʼlumotlarni taqdim etishda muntazam foydalaniladigan diagrammalar va grafiklar, jonli oʻzgarishlar, jumladan, iqtisodiy tizimni shakllantirishda ushbu tarmoqni takomillashtirish usullari va rivojlanish istiqbollari ushbu maqolada keltirilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.