Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 7-son (2026) · 119-126-betlar
O‘ZBEK, RUS VA INGLIZ KOSMETOLOGIYA TERMINLARINING MONOSEMIYASI VA POLISEMIYASI
Mamatkulova, Markhabokhon, Маматкулова, Мархабохон, Mamatqulova, Marhaboxon
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek, rus va ingliz tillarida kosmetologiya terminlarining monosemik va polisemik xususiyatlari qiyosiy-semantik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kosmetika, kosmetologiya, krem, maska, serum, piling, tonik, gel, baza, foundation kabi birliklarning terminologik maqomi, umumxalq leksikasi bilan chegaradoshligi, sohaga xos ma’no torayishi va ma’no kengayishi jarayonlari yoritiladi. Tahlil materiali 72 ta termin va terminologik birikma asosida guruhlashtirilib, ularning terminologik yadro, fanlararo tutash zona va polisemik periferiya doirasidagi vazifasi aniqlanadi. Monosemiya terminologik aniqlikni ta’minlovchi omil sifatida, polisemiya esa terminning turli diskurslarda - tibbiy, estetik, marketing va kundalik nutqda - har xil semantik yuk bilan ishlashi sifatida talqin qilinadi. O‘zbek kosmetologiya terminotizimida rus va ingliz tillari orqali kirib kelgan internatsional birliklarning faol qo‘llanishi kuzatiladi; shu bois tarjima, standartlashtirish va o‘quv lug‘atlari tuzishda monosemik-polisemik tafovutlarni ajratish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
kosmetologiya terminlari, monosemiya, polisemiya, terminologiya, semantika, o‘zlashma so‘z, qiyosiy tahlil, estetik diskurs.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.