Marketing (2025) · 46-51-betlar
MEHMONXONA INDUSTRIYASIDA YASHIL STANDARTLAR: XALQARO TAJRIBA VA OʻZBEKISTONDA JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Adilova Zulfiya Djavdatovna, Bekmurodova Laylo Tursunmamatovna
Annotatsiya
Maqolada mehmonxona industriyasida yashil standartlarni joriy etishning xalqaro tajribalari hamda Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash imkoniyatlari tahlil qilingan. Ekologik sertifikatlash tizimlarining taʼsiri, barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygʻunligi va milliy strategiyalar bilan bogʻliqligi asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tahlil natijalari yashil standartlar orqali mehmonxonalarda xizmat sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish va ekologik masʼuliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.