Marketing (2025) · 177-181-betlar
QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISHDA RESURS TEJASH VA YASHIL MARKETING INTEGRATSIYASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Allasugirov Nurmuxammed Baxtiyarovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarishda resurs tejash va yashil marketing integratsiyasining zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Jahon miqyosida barqaror rivojlanish tamoyillari asosida qayta ishlangan xomashyo ulushi va energiya tejamkor texnologiyalarning qoʻllanilishi oʻsib bormoqda. Tadqiqotda Yevropa Ittifoqi, AQSh va Xitoy tajribalari Oʻzbekiston sharoitidagi amaliyot bilan qiyoslab oʻrganildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda resurs tejamkor materiallardan foydalanish koʻrsatkichlari rivojlangan davlatlarga nisbatan past boʻlsa-da, ushbu sohada innovatsion texnologiyalarni joriy etish va yashil marketing konsepsiyalarini keng tatbiq etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyati mavjud.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.