Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 6-son (2026) · 65-69-betlar
YUQORI SINF OʻQUVCHILARIDA VATANPARVARLIK SIFATLARINI RAQAMLI TAʼLIM MUHITIDA SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI VA METODIKASI
Gulshoda, Bakhtiyorova, Бахтиёрова, Гулшода, Baxtiyorova, Gulshoda
Annotatsiya
Maqolada yuqori sinf oʻquvchilarida vatanparvarlik sifatlarini raqamli taʼlim muhitida shakllantirishning toʻrt blokli pedagogik modeli va u asosida ishlab chiqilgan metodikaning tuzilishi, mazmuni hamda amaliyotga tatbiq etish yoʻllari yoritilgan. Model maqsadli, mazmuniy, texnologik va natija-baholash bloklaridan iborat boʻlib, vatanparvarlik sifatlarining uch komponentini (kognitiv, emotsional-qadriyatli, faoliyatli-xulqiy) izchil rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Mualliflik tomonidan ishlab chiqilgan raqamli resurslar majmui va besh bosqichli mashgʻulot stsenariysi maktab amaliyotida qoʻllash uchun tayyor.
vatanparvarlik sifatlari, pedagogik model, raqamli taʼlim muhiti, “Tarbiya” fani, raqamli vatanparvarlik tarbiyasi, metodika, yuqori sinf oʻquvchilari, raqamli resurslar, virtual ekskursiya, milliy qadriyatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.