Marketing (2025) · 350-354-betlar
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SANOAT KORXONALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AQLLI ISHLAB CHIQARISH TIZIMLARINING OʻRNI
Donayeva Feruza Burxon qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida sanoatkorxonalarining samaradorligini oshirishda aqlli ishlab chiqarish tizimlarining (Smart Manufacturing Systems) oʻrni tahlil qilinadi. Xususan, Sanoat 4.0 davrida ishlab chiqarish jarayonlarini sunʼiy intellekt, IoT, raqamli egizaklar (Digital Twins), katta maʼlumotlar (Big Data) va avtomatlashtirilgan boshqaruv texnologiyalari asosida takomillashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari yoritiladi. Tadqiqotda “UzDon” AJ misolida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli yechimlarning iqtisodiy va operatsion natijalari tahlil qilingan. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari, metodologik yondashuvlari va amaliy natijalari keng yoritilgan boʻlib, Oʻzbekiston sanoat korxonalarida raqamli transformatsiyani jadallashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.