Marketing (2025) · 376-380-betlar
INNOVATSION IQTISODIYOTDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY- USLUBIY ASOSLARI VA AMALIY YOʻNALISHLARI
Ravshanova Muhayyo Maxmanazarovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif tomonidan innovatsion iqtisodiyot sharoitida elektron tijorat tizimini optimallashtirish masalalari ilmiy va uslubiy jihatdan oʻrganilgan. Tadqiqotda, Oʻzbekiston elektron tijorat bozorining holati, imkoniyatlari va muammolari tizimli tahlil, iqtisodiy-matematik modellashtirish, va empirik yondashuv usullari qoʻllanilib tahlil qilingan. Natijada elektron tijoratni samarali boshqarish uchun integratsiyalashgan raqamli platformalar, sunʼiy intellekt, logistika zanjirini raqamlashtirish yoʻnalishlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari elektron tijoratni rivojlantirishning ilmiy asoslarini yaratish hamda innovatsion iqtisodiyotning barqaror oʻsishiga xizmat qiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.