Marketing 6-son (2026) · 273-279-betlar
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLAR FAOLIYATIDA INNOVATSION MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH
Muminova Durdona Saydikadirovna
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklari faoliyatida innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilindi. Ilmiy manbalar, bank sektori statistikasi hamda zamonaviy marketing yondashuvlari qiyosiy oʻrganildi. Natijalar shaxsiylashtirilgan marketing, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlari, sunʼiy intellekt va katta maʼlumotlar tahlili bank xizmatlari sifatini oshirish, mijozlar sodiqligini mustahkamlash hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Taklif etilgan konseptual model innovatsion marketing vositalarining oʻzaro bogʻliqligini tizimli yoritdi hamda raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy xulosalarni shakllantirdi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.