Marketing 6-son (2026) · 45-52-betlar
BANK TIZIMIDA SUNIY INTELLEKT: MIJOZLARGA XIZMAT KOʻRSATISHDA MARKETINGDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Sultonboyev Umidjon Xoshimjon oʻgʻli
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Oʻzbekiston bank tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan marketing va mijozlarga xizmat koʻrsatish jarayonlarida foydalanish holati tahlil qilindi. Tadqiqot davomida tijorat banklarida chatbotlar, CRM tizimlari, bashoratli tahlil va shaxsiylashtirilgan marketing vositalarining amaliy qoʻllanilishi oʻrganildi. Tahlil natijalari sunʼiy intellekt asosidagi yechimlar xizmat koʻrsatish tezligini oshirganini, mijozlar qoniqishini yaxshilaganini va marketing samaradorligini kuchaytirganini koʻrsatdi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar banklarning operatsion xarajatlarini optimallashtirish hamda mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari bank marketingini takomillashtirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun amaliy ahamiyat kasb etdi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.