Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 7-son (2026) · 34-37-betlar
ARAB TILI SINTAKSISIDA "أَنْ" (AN) YUKLAMASINING HAZF ETILISH MEXANIZMLARI VA STRUKTURAVIY-FUNKTSIONAL TAHLILI
Suyunov, Bobur, Суюнов, Бобур, Suyunov, Bobur
Annotatsiya
Mazkur maqolada arab tili sintaksisida muhim grammatik vositalardan biri hisoblangan "أَنْ" (an) yuklamasining hazf (ellipsis) etilish mexanizmlari, ularning strukturaviy hamda funksional xususiyatlari kompleks lingvistik tahlil qilinadi. "أَنْ" yuklamasi fe'lning masdar ma'nosini hosil qiluvchi va undan keyingi fe'lni nasb holatiga keltiruvchi sintaktik ko‘rsatkich sifatida arab tilining klassik va zamonaviy grammatik tizimida muhim o‘rin egallaydi. Biroq ayrim sintaktik konstruksiyalarda mazkur yuklama ochiq shaklda qo‘llanmaydi va grammatik qoidalarga muvofiq yashirin (muqaddar) holda mavjud deb qaraladi. Ushbu hodisa arab tilshunosligida hazf yoki taqdīr hodisasi sifatida izohlanadi.
arab tili, sintaksis,
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.