Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 7-son (2026) · 81-84-betlar
O‘ZBEK AUDITORIYASI UCHUN ISPAN TILI DARSLIKLARINI LINGVOMADANIY MOSLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Ruzieva, Maftuna, Рузиева, Мафтуна, Ruziyeva, Maftuna
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida ispan tilini o‘qitishda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlarini lingvomadaniy moslashtirish zarurati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ispan tili darsliklarida uchraydigan ayrim mavzu va topshiriqlarning o‘zbek auditoriyasining madaniy qadriyatlari hamda ta'lim muhitiga mos kelmasligi natijasida yuzaga keladigan metodik muammolar pedagogik kuzatuvlar asosida yoritiladi. Shuningdek, o‘quv materiallarini mahalliy madaniy muhitga moslashtirishning didaktik afzalliklari hamda bunday yondashuvning ta'lim samaradorligiga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari lingvomadaniy moslashtirilgan darsliklar xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarning motivatsiyasi, kommunikativ faolligi va madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
ispan tili, lingvomadaniy moslashuv, darslik, o‘quv materiali, xorijiy tilni o‘qitish, madaniyatlararo kommunikatsiya, o‘zbek auditoriyasi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.