Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 7-son (2026) · 45-51-betlar
BEVOSITA VA BILVOSITA TARJIMAGA TURLI YONDASHUVLAR
Bekmurodova, Firuzabonu, Бекмуродова, Фирузабону, Bekmurodova, Firuzabonu
Annotatsiya
Ushbu maqolada bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvosita (bilvosita) tarjimaning lingvistik va madaniy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi. Bevosita tarjima asliyat tilidagi leksik, grammatik va sintaktik birliklarni imkon qadar so‘zma-so‘z ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, bilvosita tarjima mazmunni qayta shakllantirish, ekvivalent vositalar orqali kitobxonga tushunarli tarzda yetkazishga asoslanadi. Madaniy jihatdan qaralganda, bevosita tarjima milliy-madaniy rang-baranglikni saqlashga yordam bersa, bilvosita tarjima orqali qabul qiluvchi auditoriya uchun qiyosiy ravishda qulayroq va sodda matn yaratiladi. Mustaqillik yillarida ingliz tilini mukammal biladigan tarjimonlar faoliyatining kengayishi natijasida o‘zbek kitobxonlari jahon adabiyoti durdonalari bilan asl manbadan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, J.Oruellning “1984” va “Molxona”, F.Skott Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi”, J.Grinning “Tepaga qaragan yulduz” kabi asarlarning ona tilimizga tarjimasi jarayonida bevosita va bilvosita yondashuvlarning o‘ziga xos imkoniyatlari hamda cheklovlarini ochib berdi. Tadqiqot davomida ikki tarjima usulining lingvistik imkoniyatlari, estetik samarasi, madaniy ekvivalentlikni ta’minlashdagi o‘rni, afzallik va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.
tarjimashunoslik, badiiy tarjima, bevosita tarjima, bilbilvosita tarjima, lingvistik jihat, madaniy jihat, ekvivalentlik, milliy-madaniy xususiyat, semantik moslik, qiyosiy tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.