Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 7-son (2026) · 152-155-betlar
KOREYS TILIDA ODDIY BACHIM TALAFFUZINI O‘RGATISH METODIKASI
Abdullayeva, Iroda, Абдуллаева, Ирода, Abdullayeva, Iroda
Annotatsiya
Koreys tili o‘zining o‘ziga xos tuzilishi tufayli talaffuz va ma’noni aniq yetkazib bera oladigan tildir. Ayniqsa, 받침 (bachim) so‘z oxirida tovushni belgilovchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Koreys tilida bachimning bor yoki yo‘qligiga qarab so‘zning ma’nosi o‘zgarishi mumkin. Masalan, “밥(bab)” va “바(ba)” so‘zlari bachimning mavjudligiga ko‘ra butunlay boshqacha ma’nolarga ega. Ushbu xususiyat koreys tilining ifodalash imkoniyatlarini boyitadi va bachim mavjud bo‘lganda tovush kuchliroq yetkazilganligi sababli muloqotda o‘zaro tushunishni yanada osonlashtiradi. Mazkur maqolada koreys tilidagi oddiy bachim talaffuzida kuzatiladigan neytralizatsiya va portlamaslik (unreleasing) hodisalarining xususiyatlari o‘rganilib, oddiy bachim talaffuzini o‘rgatish metodikasi hamda samarali ta’limiy faoliyat turlari taklif etilgan.
Koreys tili, koreys tili ta’limi, adabiy talaffuz, talaffuzni o‘qitish, neytrallashish hodisasi, tovushning chiqmasligi hodisasi, talaffuz ta’limi faoliyati turlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.