Marketing 7-son (2026)
DUNYO MIQYOSIDAGI YIRIK TIL OʻRGATUVCHI MARKAZLARNING MARKETING ANALITIKASI
Xikmatov Dilshodjon
Annotatsiya
Mazkur maqolada dunyoning yirik til oʻrgatuvchi markazlari marketing analitikasi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida EF, Berlitz, Wall Street English, British Council, Kaplan hamda Duolingo brendlarining marketing strategiyalari, mijozlarni jalb etish, konversiya, oʻquvchilarni saqlab qolish va raqamli rivojlanish mexanizmlari ochiq manbalar asosida qiyosiy baholandi. Olingan natijalar muvaffaqiyatli marketing modeli aniq qiymat taklifi, ishonchli taʼlim metodikasi, raqamli texnologiyalar, kontent marketingi va mijoz bilan uzluksiz aloqaga tayanganini koʻrsatdi. Xalqaro tajribani mahalliy til markazlari faoliyatiga moslashtirish marketing samaradorligini oshirish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilishi asoslandi.
marketing analitikasi, til markazlari, raqamli marketing, brending, mijozlarni jalb etish, konversiya, kontent marketingi, raqobatbardoshlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.