Marketing 7-son (2026) · 352-366-betlar
“AQLLI” TEXNOLOGIYALARNI QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI AHAMIYATI
Jamilov Jamshid
Annotatsiya
Mazkur maqolada “aqlli” qishloq xoʻjaligi (Smart Agriculture) tushunchasining nazariy evolyutsiyasi hamda uning agroklaster nazariyasi bilan sinergetik bogʻliqligi tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi - “aqlli” texnologiyalarni agroklaster sharoitida qoʻllashning obyektiv zaruriyatini, ularning afzallik va kamchiliklarini hamda mavjud normativ-huquqiy bazani tizimli tahlil qilish orqali Buxoro agroklasteri misolida texnologiyalarni joriy etish va boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yoʻnalishlarini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqotda monografik usul, normativ-huquqiy hujjatlarni kontent-tahlil qilish, qiyosiy va mantiqiy tahlilsintez usullaridan foydalanildi. Adabiyotlar sharhi natijasida mavjud ilmiy manbalar yetti guruhga tizimlashtirildi, bu esa agroklaster sharoitida “aqlli” texnologiyalarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi hali chuqur oʻrganilmagan ilmiy boʻshliq ekanligini aniqlashga imkon berdi. Tadqiqot natijalari texnologiyalarni joriy etishning global va mahalliy zarurat omillarini, ularning yetti afzalligi va yetti kamchiligini, shuningdek 2019 yildan buyon shakllangan meʼyoriy-huquqiy bazani qamrab oladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, texnologiyalarning samaradorligi moliyaviy, kadrlar, infratuzilma va huquqiy omillarning muvofiqlashgan rivojlanishiga bogʻliq boʻlib, bu Buxoro agroklasteri misolida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.