Marketing 8-son (2026)
BUXORO VILOYATIGA YASHIL INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING ISTIQBOLLI YOʻLLARI
Toʻxtayev Maqsud Mansurovich
Annotatsiya
Maqolada mintaqa iqtisodiyotini barqaror diversifikatsiyalashda yashil investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarining 2030-yilgacha boʻlgan istiqbolli natijalari Buxoro viloyati misolida ssenariy-prognoz usuli asosida baholangan. Uch muqobil ssenariy (pessimistik, bazaviy, optimistik) doirasida yashil investitsiya hajmi va ulushi, mintaqaviy yashil investitsion jozibadorlik integral indeksi (RGIAI), yalpi qoʻshilgan qiymat hamda diversifikatsiya darajasi prognoz qilindi. Natijalar taklif etilgan institutsional mexanizmlarning mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalashdagi hal qiluvchi hissasini miqdoriy dalillar bilan asoslandi.
yashil investitsiyalar, ssenariy-prognoz, RGIAI, diversifikatsiya, Herfindal-Hirshman indeksi, Buxoro
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.