Marketing 8-son (2026)
TURISTIK STARTAPLARNI SUBSIDIYALASH LOYIHASINI MOLIYALASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Karimova Dilafruz Sadirdin qizi
Annotatsiya
Tadqiqotda turistik startaplarni subsidiyalash loyihasini moliyalashtirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilindi. Oʻzbekistonda turizm sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tajribasi, xalqaro empirik tadqiqotlar hamda hamkorlikdagi moliyalashtirish yondashuvlari oʻrganildi. Subsidiyalarning bozor nuqsonlari, axborot asimmetriyasi va innovatsion tavakkalchilikni yumshatishdagi roli asoslandi. Turistik startap xarajatlarining 50 foizini qoplash, loyiha miqdorini cheklash va raqobatli tanlov mexanizmining iqtisodiy tomondan yoritildi. Natijalar maqsadli subsidiyalash yangi turistik xizmatlarni rivojlantirish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish va kichik innovatsion biznes faolligini oshirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Shaffof tanlov, natijadorlik mezonlari va moliyalashtirishdan keyingi monitoring uzoq muddatli samaradorlikning muhim shartlari sifatida baholandi.
turistik startap, subsidiya, davlat moliyaviy koʻmagi, hamkorlikdagi moliyalashtirish, innovatsiya, xususiy investitsiya, tanlov mezonlari, monitoring.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.