Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-jild 10-son (2025)
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK NAZARIY ASOSLARI VA IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI
Temirova, Shoira, Ruzibayev, Mardon, Темирова, Шоира, Рузибаев, Мардон, Temirova, Shoira, Ruzibayev, Mardon
Annotatsiya
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) — zamonaviy iqtisodiy tizimda davlatning infratuzilma, xizmatlar va strategikloyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini xususiy sektor imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan mexanizmdir.Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik tushunchasining nazariy asoslari chuqur tahlil qilinib, ularning iqtisodiyrivojlanishdagi roli va ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida xalqaro tajribalar tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida DXShloyihalarining samaradorligiga doir aniq misollar keltirildi. Metod sifatida statistik tahlil, taqqoslash va ekspert baholashusullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlat-xususiy sheriklik modeli iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish,investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘la oladi
davlat-xususiy sheriklik, iqtisodiy rivojlanish, investitsiya, infratuzilma, sheriklik modeli, O‘zbekiston, samaradorlik, innovatsiyalar, strategik loyihalar, moliyaviy barqarorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.