Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-jild 10-son (2025)
DAVLAT KORXONALARINI ISLOH QILISHNING ZAMONAVIY BOSQICHLARI VA OʻZBEKISTONNING XUSUSIYLASHTIRISH MODELI
Isroilova, Guljakhon, Исроилова, Гулжахон, Isroilova, Guljahon
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida davlat korxonalariniisloh qilishning zamonaviy bosqichlari va xususiylashtirish modelining shakllanish jarayonlari ilmiy tahlil etilgan. Avvalo,birinchi Prezident I. A. Karimov tomonidan asos solingan “oʻzbek modeli”ning besh tamoyili asosida olib borilgan iqtisodiyislohotlar va ularning bugungi kunda Sh. M. Mirziyoyev rahbarligida yangi bosqichga oʻtayotgani yoritilgan. Maqoladaxususiylashtirishning bosqichlari, usullari, qonunchilik asoslari, tijorat banklarining faollashuvi, xorijiy sarmoyadorlarishtirokidagi yangi yondashuvlar, shuningdek, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish zarurati tahlil qilinadi. Davlatmulkini xususiylashtirish boʻyicha yangi qonun (OʻRQ–907, 2024) doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning strategikahamiyati asoslab berilgan. Muallif xususiylashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini koʻrsatgan holda, zamonaviytexnologiyalar, shaffoflik va boshqaruv madaniyatining iqtisodiy samaradorlikka taʼsirini ochib bergan. Maqola ilmiy,amaliy va tahliliy yondashuvlar asosida yozilgan boʻlib, iqtisodiyot sohasi tadqiqotchilari, amaliyotchilar va talabalariuchun foydali manba boʻlib xizmat qiladi.
xususiylashtirish, davlat korxonalari, islohotlar, “oʻzbek modeli”, evolyutsion rivojlanish, korporativ boshqaruv, tijorat banklari, strategik investor, raqamli iqtisodiyot, mulkchilik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.