Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-jild 10-son (2025)
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA RIVOJLANISHI: 2017–2025-YILLAR DINAMIKASI TAHLILI
Khamrayeva, Zebiniso, Хамраева, Зебинисо, Xamrayeva, Zebiniso
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBYu) rivojlanishining2017–2025-yillardagi dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqotda kichik biznes subyektlarining sanoat, qurilish, bandlik hamdatashqi savdo (eksport–import) sohalaridagi o‘rni rasmiy statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Kirish qismida mavzuningdolzarbligi va maqsadlari yoritilgan; adabiyotlar sharhi bo‘limida kichik biznesning iqtisodiyotdagi roli bo‘yicha xalqarova mahalliy ilmiy yondashuvlar tahlil qilingan; metodologiya bo‘limida esa statistik tahlil usullari bayon etilgan. Tahlil vanatijalar qismida 2017–2023-yillar davomida KBYu subyektlari faoliyatining barcha asosiy ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sishkuzatilgani aniqlangan. Xususan, sanoat va qurilish hajmlari bir necha barobarga kengaygan, bandlik darajasi barqarorsaqlangan, tashqi savdodagi o‘zgarishlar esa bosqichma-bosqich ijobiy yo‘nalishda kechgan. Kichik biznesning yalpihududiy mahsulot (YaHM) va iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi sezilarli oshib, 2024-yilga kelib YaHMning qariyb 66 foizinitashkil etgan. Xulosa va tavsiyalar bo‘limida olingan natijalar asosida hududda kichik tadbirkorlikni yanada rivojlantirishbo‘yicha strategik takliflar ishlab chiqilgan. Maqola siyosiy-tahliliy, statistik va amaliy-tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib,iqtisodiy kategoriyalar ilmiy uslubda qo‘llangan
kichik biznes; xususiy tadbirkorlik; iqtisodiy dinamika; sanoat; qurilish; bandlik; tashqi savdo; statistik tahlil
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.