Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 2-jild 12-son (2024)
Sirdaryo viloyati investitsion faolligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mamatqulova, Muxlisa
Annotatsiya
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan investitsion faoliyatning holati atroflicha tahlilqilinadi. Unda viloyatga investitsiyalarni jalb qilish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy to‘siqlar va muammolar chuquro‘rganilib, mavjud vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Shuningdek, investitsion jozibadorlikni oshirishmaqsadida qabul qilinayotgan choralar va amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritiladi. Maqolada hududdagi iqtisodiy,ijtimoiy va infratuzilma sharoitlari batafsil tahlil qilinib, ularning investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga bo‘lgan ta’siribaholanadi. Shu bilan birga, investitsion muhitni yaxshilash va faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar hambayon etiladi. Ular nafaqat viloyat iqtisodiy salohiyatini oshirishda, balki uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdamuhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tahlil va takliflar, hududning iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishhamda Sirdaryo viloyatining strategik rejalashtirish jarayonida o‘z o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
investitsiya, investitsion muhit, investitsion jozibadorlik, investitsion loyihalar, chet el investitsiyalari, mahalliy investitsiyalar, iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, strategik rejalashtirish, investitsiya salohiyati, innovatsion texnologiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.