Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-jild 5-son (2025) · 56-66-betlar
DUNYO TILLARIDA “NAVOIY” TAXALLUSINING YOZILISHI
Raxmatova M.G., G‘ofurov Sh.N.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Navoiy” taxallusining dunyo tillaridagi yozilishi, transliteratsiya va fonetik moslashuv jarayonlari tahlil etildi. Tadqiqot doirasida taxallusning arab va fors alifbosidagi shakllari, rus, ingliz, nemis va oʻzbek tillaridagi orfografik va bibliografik qiyoslari oʻrganildi. Xalqaro bibliografik tizimlarda (Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF va boshqalarda) “Navoiy” taxallusining turlicha qayd etilishi uning ilmiy tadqiqotlarda identifikasiyasiga ta’sir koʻrsatishi qayd etildi. Maqolada transliteratsiyaning turli standartlari – ALA-LC, ISO 9, BGN/PCGN va milliy oʻzbek lotin alifbosi asosida taxallus shakllarining farqlari va ularning madaniy hamda adabiy qabul qilinishi tahlil qilindi. Shu bilan birga, transliterasiya va tarjima oʻrtasidagi farq, taxallusning semantik yuki va uning turkiy madaniy merosdagi ramziy ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Taxallusning xalqaro miqyosda yagona yozuv shaklida qayd etilishi zarurligini ilgari surilgan va uning bibliografik tizimlarda standartlashtirilishi yuzasidan takliflar berishga intilingan.
Alisher Navoiy, taxallus, transliteratsiya, chigʻatoy adabiyoti, orfografiya, bibliografik standartlar, madaniy identifikatsiya, arab yozuvi, oʻzbek lotin alifbosi, ALA-LC, ISO 9, VIAF
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.