Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 1099-1105-betlar
TALABALARDA ILMIY-OMMABOP MATN YARATISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK MODELI
Q. J. Mirzayev, F. F. Ulug‘murodov
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarda ilmiyommabop matn yaratish koʻnikmasini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari tadqiq etilgan. Oliy ta’limning dastlabki bosqichlarida tahsil olayotgan talabalardan ilmiy uslubda yozishni talab qilish ularning ijodiy va intellektual faolligini susaytiradi. Mazkur muammoning yechimi sifatida talabaning kundalik nutqiy koʻnikmalari va tafakkurini ilmiy muloqot tizimiga bogʻlovchi oraliq didaktik koʻprik — ilmiy-ommabop matn ustida ishlashning bosqichma-bosqich modeli taklif etilgan. Maqolada Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “Ilm-fan kommunikatsiyasining 12 ta asosiy koʻnikmasi” loyihasi oʻzbek tili ta’limining lingvistik va milliymetodik xususiyatlari kontekstida moslashtirish qilinib, amaliy mashqlar tizimi asoslab berilgan.
ilmiy-ommabop matnlingvodidaktikailm-fan kommunikatsiyasiakademik yozuvhavoza texnologiyasimatn kompetensiyasi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.