Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 3-son (2026) · 248-253-betlar
ZAMONAVIY ADABIYOTDA FENTEZI JANRINING BADIIY VA LISONIY XUSUSIYATLARI
Sattarov, Umirzoq, Roʻziev, Zafar
Annotatsiya
Ushbu maqolada fentezi janrining zamonaviy adabiyotdagi o‘rni, nazariy talqinlari va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Fentezining fantastik adabiyot doirasidagi maqomi turli olimlar qarashlari asosida yoritilib, uning mustaqil adabiy janr sifatidagi belgilari asoslab beriladi. Tadqiqotda janrning kompozitsion qurilishi, syujet dinamikasi, obrazlar tizimi, mifologik asoslari hamda lisoniy vositalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, “janr” va “yo‘nalish” tushunchalari qiyosiy tahlil qilinib, fentezining barqaror mazmuniy, shakliy va konseptual xususiyatlarga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Natijada fentezi o‘ziga xos estetik tamoyillar, takrorlanuvchi struktura va nominativ mexanizmlarga tayanuvchi mustaqil janr sifatida baholanadi.
Fentezi janri, zamonaviy adabiyot, fantastik adabiyot, adabiy janr, adabiy yo‘nalish, lingvistik tahlil, konseptual tuzilma, mifologik motivlar, badiiy olam, syujet modeli, kompozitsion qurilish, lisoniy vositalar, obrazlar tizimi, estetik tamoyillar, nominativ mexanizmlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.