Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 4-son (2026) · 50-53-betlar
JADIDLARNING ISLOHOTCHILIK VA MA’RIFATPARVARLIK FAOLIYATI TARIXI – O‘QUVCHILAR DUNYOQARASHIDA MUHIM OMIL (5–9 SINF DARSLIKLARI MISOLIDA)
Abdullaev, Abror
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik harakatining islohotchilik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda ularning umumta’lim maktablarining 5–9 sinf darsliklarida yoritilishi tahlil qilinadi. Jadid namoyandalarining ta’lim tizimini yangilash, milliy uyg‘onish g‘oyalarini targ‘ib qilish va jamiyatni modernizatsiya qilishga qaratilgan faoliyati yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil ekani ilmiy asoslanadi. Maqolada 7-sinf «O‘zbekiston tarixi» va 5-sinf «Adabiyot» darsliklarida jadidchilik mavzusining o‘rni, mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati ilmiy tahlil qilingan.
jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, ta’lim islohoti, darslik, pedagogik tahlil, tarix.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.