Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 4-son (2026) · 276-282-betlar
ZAMONAVIY O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA AYOL OBRAZI POETIKASINING BADIIY-ESTETIK TALQINI
Yembergenova, Aynur
Annotatsiya
Ushbu maqolada hikoya janrining nazariy-poetik xususiyatlari, uning badiiy mezonlari hamda zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida ayol obrazi talqinining o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Hikoya janrining lakonizm, xarakter yaratish, zamon va makon, syujet qurilishi singari poetik unsurlari ilmiy-nazariy qarashlar asosida yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik davri hikoyachiligida ayol ruhiyati, ichki kechinmalari va ma’naviy-ruhiy dunyosining badiiy ifodalanish tamoyillari zamonaviy adibalar ijodi misolida tadqiq qilingan. Tadqiqot natijasida ayol obrazi zamonaviy hikoyachilikda nafaqat ijtimoiy, balki falsafiy-estetik mazmun kasb etayotganligi asoslangan.
Hikoya janri, poetika, ayol obrazi, ayol ruhiyati, badiiy talqin, xarakter poetikasi, zamonaviy hikoyachilik, psixologizm, syujet, lakonizm.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.