Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 4-son (2026) · 475-479-betlar
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MUROJAAT BIRLIKLARINING KOGNITIV-PRAGMATIK MODELI
To‘xsanov, Qudratillo
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi murojaat birliklarining (vokativlarning) keng qamrovli kognitiv-pragmatik modeli ishlab chiqilgan. Murojaat shakllari shunchaki grammatik elementlar emas, balki shaxslararo munosabatlar, madaniy normalar va kommunikativ niyatlarni kodlovchi ijtimoiy-kognitiv konstruktlar sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda besh qatlamli (o‘zak, ijtimoiy, pragmatik, kognitiv va diskursiv) konseptual model taklif etiladi. Qiyosiy va diskurs-tahlil natijasida ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi farqlar, ayniqsa xushmuomalalik strategiyalari, hissiy ifodalilik va ijtimoiy iyerarxiya nuqtayi nazaridan aniqlangan.
murojaat birliklari, vokativlar, kognitiv tilshunoslik, pragmatika, diskurs, ingliz tili, o‘zbek tili, konseptual model.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.