Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 4-son (2026) · 230-235-betlar
ZAMONAVIY TIBBIYOTDA AXLOQIY QADRIYATLAR VA BIOETIKA INTEGRATSIYASI
Ilxomjonov, Jaxongir
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy tibbiyot amaliyotida bioetika tamoyillari va axloqiy qadriyatlarning o‘zaro integratsiyasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida bioetikaning asosiy prinsiplari avtonomiya, zarar yetkazmaslik, foyda keltirish va adolat hamda ularning tibbiy faoliyatdagi ahamiyati yoritilgan. Milliy ma’naviy qadriyatlarning shifokor-bemor munosabatlari, tibbiy qaror qabul qilish jarayoni va umumiy tibbiy amaliyotdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Maqolada bioetika va axloqiy qadriyatlarning uyg‘unligi tibbiy xizmat sifatini oshirish, bemor huquqlarini himoya qilish va tibbiyotda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ushbu integratsiya zamonaviy tibbiyotning muhim tarkibiy qismi ekanligini ko‘rsatadi.
Bioetika, axloqiy qadriyatlar, tibbiyot amaliyoti, shifokor-bemor munosabatlari, avtonomiya, adolat, zarar yetkazmaslik, foyda keltirish, ma’naviyat, tibbiyot etikasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.