Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 4-son (2026) · 611-615-betlar
TURLI SISTEMALI TILLARDA HISOB SO‘ZLAR KLASSIFIKATSIYASI: TIPOLOGIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Raximova, Umida, Abdurahmanova, Jasmina
Annotatsiya
Hisob so‘zlar predmetlarning miqdorini ifodalashda qo‘llaniladigan maxsus leksikgrammatik birliklar hisoblanadi. Ular ayrim tillarda grammatik tizimning majburiy elementi bo‘lsa, boshqa tillarda esa leksik birlik sifatida ishlatiladi. Mazkur maqolada xitoy, vyetnam, hindiy, ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillaridagi hisob so‘zlar tizimi qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqotda hisob so‘zlarning semantik va funksional klassifikatsiyasi ishlab chiqilib, ularning grammatiklashuv darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, Sharqiy Osiyo tillarida hisob so‘zlar majburiy grammatik element hisoblanadi, Yevropa tillarida esa ular asosan o‘lchov yoki miqdor bildiruvchi leksik birlik sifatida qo‘llanadi.
hisob so‘zlar, klassifikatorlar, numerativ birliklar, tipologiya, qiyosiy tilshunoslik, semantik tasnif.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.