Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 137-140-betlar
PRAGMATONIMLARNING ONOMASTIK KO‘LAMDAGI O‘RNINI
Pardayev, Mamayunus, Pardayeva, Ozoda, Babanazarova, Sevara, Mamayunusov, Temur
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda pragmatonimlarning onomastik tizimdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Pragmatonimlar onomastikaning tarkibiy qismi sifatida inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan nomlash birliklarini ifodalaydi va ayniqsa savdo, xizmat ko‘rsatish, reklama hamda brending sohalarida faol qo‘llaniladi. Ular an’anaviy onomastik birliklardan farqli ravishda, funksional-pragmatik yo‘nalishga ega bo‘lib, iste’molchi ongiga ta’sir etish, mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish vazifasini bajaradi. Tadqiqotda pragmatonimlarning tasnifi, semantik va stilistik xususiyatlari hamda ularning zamonaviy til tizimidagi roli yoritib beriladi.
pragmatonim, onomastika, nomlash tizimi, reklama tili, brending, semantika, funksional-pragmatik yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.