Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 532-538-betlar
FRAZEOSEMANTIK MAYDONNING YADRO PERIFERIYA MODELI VA AQL QUDRATI MAKROMAYDONI QIYOSIY TADQIQI
Ubaydullayeva, Vasila
Annotatsiya
Mazkur maqolada frazeosemantik maydonning yadro periferiya modeli ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Aql qudrati makromaydoni doirasida frazeologik birliklarning ierarxik joylashuvi, ularning semantik invariantga yaqinlik darajasi hamda lingvokulturologik yuklamasini aniqlashdan iborat. Metodologik asos sifatida maydon nazariyasi, komponent tahlil, semantik differensiallash va qiyosiy tipologik yondashuvdan foydalanildi. Tahlil jarayonida frazeologik birliklarning chastotasi, uslubiy neytralligi, obrazlilik darajasi hamda kognitiv faollashuv mezonlari hisobga olindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yadro birliklari yuqori chastota, semantik barqarorlik va tillararo izomorfik moslik bilan ajraladi. Yaqin periferiya qatlamida asosiy sema saqlangan holda konnotativ va baholovchi ma’no kuchayadi, uzoq periferiya esa semantik diffuziya, kontekstual o‘zgaruvchanlik va individual uslubiy transformatsiyalar hududi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tadqiqot frazeologik tizimda universal kognitiv modellar bilan milliy madaniy kodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash imkonini berdi. Mazkur izlanish Aql qudrati makromaydonining kognitiv xaritasini modellashtirishga xizmat qiladi hamda frazeologik tizimning struktur semantik va lingvokulturologik parametrlarini aniqlashga ilmiy asos yaratadi.
frazeosemantik maydon, yadro, periferiya, Aql qudrati, izomorfizm, lingvokulturologiya, kognitiv model, semantik invariant.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.