Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 574-579-betlar
YO‘QOTILGAN AVLOD QAHRAMONLARI ONGIDA IDEALLASHTIRILGAN O‘TMISH: PSIXOLOGIK TAHLIL: (F. S. Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi” va E. Hemingueyning “Alvido, qurol” asarlari asosida)
Maxsadaliyeva, Maftuna
Annotatsiya
Ushbu maqolada Birinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida shakllangan “Yo‘qotilgan avlod” vakillarining ruhiyatidagi o‘tmishga bo‘lgan nostalgik intilishlar tadqiq etiladi. F.S.Fitsjerald va E. Heminguey asarlari misolida qahramonlarning post-traumatik holati, ularning real voqelikdan qochib, o‘tmishni ideallashtirishi psixologik va komparativistik jihatdan tahlil qilinadi. Getsbi va Frederik Genri obrazlari orqali “o‘tmishni qaytarish” va “vaqtni to‘xtatish” kabi ekzistensial urinishlarning fojiaviy yakuni yoritib berilgan.
Yo‘qotilgan avlod, idealizatsiya, nostalgia, post-traumatik stress, Jey Getsbi, Frederik Genri, Amerika orzusi, ekzistensial inqiroz.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.