Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 447-452-betlar
O‘ZBEK VA INGLIZ XALQ TOPISHMOQLARIDA QO‘LLANILGAN MATEMATIK TERMINLARNING QIYOSIY TAHLILI
Abdullayev, Asliddin
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek va ingliz xalq topishmoqlarida uchraydigan matematik terminlar hamda matematik semantikaga ega leksik birliklar qiyosiy-lingvistik va kognitiv nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Son, sanoq shakllari, miqdor, geometrik shakl, o‘lchov, nisbat va fazoviy joylashuv bildiruvchi birliklarning topishmoq matnidagi ishora, taqqoslash, obraz yaratish va didaktik vazifalari yoritiladi. Tadqiqotda o‘zbek va ingliz xalq topishmoqlarida matematik birliklarning umumiy hamda farqli jihatlari aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikki xalq topishmoqlarida matematik terminlar predmetni yashirin tasvirlash, mantiqiy fikrlashni faollashtirish va bolalar tafakkurini rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Biroq o‘zbek topishmoqlarida sonlar ko‘proq xalqona obraz, qarindoshlik, tabiat va uy-ro‘zg‘or predmetlari bilan bog‘lansa, ingliz topishmoqlarida ular ko‘proq mantiqiy savol, predmetning shakli, funksiyasi va amaliy belgisi orqali namoyon bo‘ladi.
xalq topishmoqlari, matematik termin, son, sanoq, miqdor, geometrik shakl, o‘lchov, qiyosiy tahlil, kognitiv tahlil, o‘zbek tili, ingliz tili.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.