Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 5-son (2026) · 613-619-betlar
NEMIS TILIDA LEKSIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRIShDA DIGITAL PLATFORMALAR SAMARADORLIGI
Salimov, Akmal
Annotatsiya
Ushbu maqolada nemis tilini o‘rganuvchilarda leksik kompetensiyani shakllantirishda digital platformalarning samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, mobil ilovalar va onlayn platformalar til o‘rganish jarayonini individuallashtirish, motivatsiyani oshirish va mustaqil ta’limni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda Qo‘qon davlat universitetining 42 nafar nemis tili yo‘nalishi talabalari ishtirok etib, ular ikki guruhga (eksperimental va nazorat) ajratilgan. Eksperimental guruhda 8 hafta davomida Duolingo, Quizlet va Deutsch.info platformalaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, digital platformalardanfoydalangan guruhda leksik kompetensiya 32% ga oshgan, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatkich 14% ni tashkil etgan. Shuningdek, eksperimental guruh talabalarida chet tili tashvishi (foreign language anxiety) darajasi sezilarli darajada kamaygan.
leksik kompetensiyadigital platformalarnemis tiliraqamli ta’limmobil ilovalarQuizletDuolingoDeutsch.infochet tili tashvishi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.