Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026) · 48-53-betlar
MUHAMMAD BEN ROSHID ASARLARIDA SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Юсупхужаева, Шахноза
Annotatsiya
Ushbu maqolada taniqli arab adibi, publitsisti va davlat arbobi Muhammad ben Roshid Al Maktum asarlaridagi inson tana a’zolari (somatizmlar) ishtirok etgan frazeologik birliklarning leksik-semantik guruhlari, ko‘chma ma’no qoliplari, ekspressiv-stilistik bo‘yoqlari va ularning badiiy-publitsistik matndagi xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida "qo‘l" (yad), "yuz" (vajh), "yurak/qalb" (qalb), "ko‘z" (ayn) va "til" (lisan) somatik birliklarining leksik-semantik tabiati, ularning o‘zbek tilidagi muqobillari hamda muallifning individual liderlik diskursini shakllantirishdagi pragmatik funksiyalari ochib berilgan.
frazeologiya, somatizm, leksik-semantik tahlil, Muhammad ben Roshid, liderlik diskursi, arab tili, o‘zbek tilshunosligi, lingvokulturologiya, konsept, pragmatika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.