Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 1-son (2026) · 439-444-betlar
TOPISHMOQLARDA OBRAZLI NOMINATSIYA: METAFORA, METONIMIYA VA SINEKDOXANING QIYOSIY TAHLILI
Yuldashev, Baxtiyor
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va qoraqalpoq xalq topishmoqlarida metafora, metonimiya, sinekdoxa hamda metafonimiya kabi semantik mexanizmlarning lingvokognitiv xususiyatlari qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida metaforalarning substantiv, predikativ va atributiv modellar orqali voqelanishi, metonimiya va sinekdoxaning denotatni implitsit tarzda ifodalashdagi o‘rni hamda metafora va metonimiyaning o‘zaro integratsiyasi natijasida yuzaga keladigan metafonimiya hodisasi yoritiladi. Ingliz va qoraqalpoq topishmoqlari materiallari asosida obrazli tafakkurning universal kognitiv mexanizmlari va ularning milliy-madaniy voqelanish shakllari aniqlanadi.
topishmoq, lingvokognitiv tahlil, metafora, metonimiya, sinekdoxa, metafonimiya, ikkilamchi nominatsiya, obrazlilik, implitsit ma’no, konseptual metafora, konseptualizatsiya, semantik model, lingvomadaniyat, paremiologiya, denotat, antropomorfizatsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.