Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026) · 245-248-betlar
QADRIYATLI YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI MEXANIZMLARI
Soliyev, Istam
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada qadriyatli yondashuv asosida talabalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil etilgan. Innovatsion faoliyatni shakllantirishda shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy qadriyatlarning o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqotda qadriyatli yondashuvning nazariy-metodologik asoslari ochib berilib, talabalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik mexanizmlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion muhitni shakllantirish, talabalarning ijodiy fikrlashi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga doir taklif va xulosalar berilgan.
qadriyatli yondashuv, innovatsion faoliyat, talaba, pedagogik mexanizm, innovatsion muhit, kompetensiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.